Facebook’dagi Japan and Extra guruhida 8-fevralda Yaponiyaning Palace Hotel Tokio mehmonxonasi xodimlarinng yozma uzr xati e’lon qilindi, deb yozmoqda TJournal. Mehmonxona ma’muriyati tashrif buyuruvchilardan internetdagi nosozlik uchun uzr so‘ragan: internet ertalabki soat 04:00 da taxminan bir daqiqa ishlamay qolgan.

Foto: TJournal

Xabarda aytilishicha, Palace Hotel Tokio nufuzli mehmonxona hisoblanadi va shu tariqa o‘z imijini saqlash uchun qayg‘urgan. Xatdan ko‘rinadiki, hodisa 14-aprel, payshanba kuni yuz bergan. So‘nggi marta bu sana va haftaning mazkur kuni 2016-yilda to‘g‘ri kelgan.