Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida 9-fevral kuni arxitektor Asif Kxan tomonidan Vantablack materialidan yaratilgan “birinchi super qora inshoot” ochildi. TJournal binoning suratlarini taqdim etdi.

Foto: TJournal

Vantablack materiali barcha ma’lum moddalar ichida eng qorasi hisoblanadi, u birinchi marta 2015-yilda Buyuk Britaniyaning milliy fizika laboratoriyasi olimlari tomonidan taqdim etilgan. Material alyuminiy folgaga joylashtirilgan nanonaychalardan tayyorlangan bo‘lib, fotonlar materialga tushganda akslanmaydi va issiqlikka aylanadi. Material 99 foiz yorug‘likni yutadi, aks qaytgan yorug‘likning yo‘qligi sababli inson ko‘zi uni “qora tuynuk” kabi qabul qiladi — xuddiki moddaning o‘rnida hech narsa yo‘q.

Pavilyon kichkina yortigichlar bilan qoplanadi va yulduz to‘plamlariga o‘xshash ko‘rinishni hosil qiladi. Arxitektorning g‘oyasiga ko‘ra, inshoot Yerdan tomosha qilinadigan kosmosni eslatishi kerak.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal