Tom Xardi ishtirokidagi “Venom” filmining birinchi treyleri taqdim etildi. Film syujeti hali noma’lum, biroq treylerdan ko‘rinadiki, o‘zga sayyoralik organizm noma’lum kema bilan kosmosdan tushadi, deb yozmoqda TJournal.

Simbioz aqlli bo‘ladi va jurnalist Eddi Brokning tanasiga o‘rnashib oladi. Birinchi rolikda “Venom”ning o‘zi ko‘rinmagan, jonzot aks etgan kichkina kadrni ko‘rish mumkin, xolos.

Film rejissori — Ruben Flyasher. Asosiy rollarni Tom Xardi, Mishel Uilyams, Vudi Xarrelson va Riz Axmad ijro etgan.