Huquq-tartibor idoralari Toshkentda YTH sodir etib, voqea joyidan yashiringan haydovchini aniqladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Foto: Wikipedia

6-fevral kuni soat 17:30 larda Sergeli tumani 7-mavzesida noma’lum haydovchi avtomashinani boshqarib ketayotib, avtobuslar to‘xtash bekati qarshisida piyodani urib yuborgan. Mazkur yo‘l transport hodisasi natijadasida 2004-yilda tug‘ilgan bola o‘ng qo‘l bilak suyagining sinib siljishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Haydovchi piyodaga tibbiy yordam ko‘rsatmasdan va Ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, YTH joyidan ketib qolgan.

7-fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida YTHni sodir etgan haydovchi 1972-yilda tug‘ilgan Uralova Nargiza Jabborovna ekanligi va u o‘zining boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida bo‘lganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan N.J. Uralovaga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uning avtomashinasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.