Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini rivojlantirishga doir loyiha bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda jahonda shaharsozlikning HighTech City, Smart City yo‘nalishlari ommalashmoqda. Rivojlangan davlatlarda shaharlar qurilishida yuqori texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.

Poytaxtda ham Janubiy Koreya tajribasi asosida shunday mavze barpo etish mo‘ljallanmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident shu boradagi konsepsiya bilan tanishdi, janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi.