Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuvi jarayonida mazkur masjid maydoniga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev masjid loyihasi bilan tanishar ekan, uni yanada takomillashtirish, bunda xalq va ulamolarning takliflarini ham o‘rganish zarurligini ta’kidladi.