Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishayotganligi haqida xabar berilgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida bunyod etilayotgan madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Bog‘da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi.

Shavkat Mirziyoyev kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev maktab dasturiga shaxmat darsini kiritishni taklif qildi.