Yaqin kelajakda O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyada o‘z model lineykasini yangilashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Auto Mail.Ru.

Chevrolet Cobalt. Foto: Auto Mail.Ru

Bu yil sotuvga restayling qilingan R4 (Chevrolet Cobalt) sedani chiqishi kerak. Bundan tashqari, 2018-yilda Ravon golf-klassidagi yangi sedanni namoyish qilishga va’da berdi.

Chevrolet Tracker. Foto: Auto Mail.Ru

Shuningdek, Ravon krossoverni chiqarishni ham rejalashtirmoqda. Nashr u Chevrolet Captiva yoki ixcham Tracker bo‘lishini taxmin qilmoqda.