Prezident Shavkat Mirziyoyev “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari 2017-yil 26-may kuni “Suzuk ota” majmuasida bo‘lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kishiga mo‘ljallangan ayvon qurilmoqda. Shuningdek, hunarmandlar uchun ustaxonalar, avtoturargoh va boshqa inshootlar barpo etilmoqda. Qurilish ishlari joriy yilning 1-sentabrida yakunlanishi mo‘ljallangan.

Mazkur maskan ziyorati chog‘ida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, Qur’on tilovat qilindi.

Prezident majmuadagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.