“O‘zsanoatqurilishbank” ATB o‘z mijozlari va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, iste’mol krediti turlarini yanada kengaytirdi.

Bundan tashqari, bankka taqdim etiladigan hujjatlar soni ham kamaydi, kreditni qisqa muddatda chiqarish eng asosiy prinsip qilib belgilandi!

Bundan buyon iste’mol krediti oluvchi bankka bor-yo‘g‘i quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • ta’minot (kafil) hujjatlari;
  • xarid qilinayotgan tovar oldi-sotdi (ko‘rsatilayotgan xizmat) shartnomasi.

Agar kredit ta’minoti uchun jismoniy shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafildan ham pasport (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat) nusxasi va uning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etiladi, xolos.

Eng muhimi, agar kredit summasi eng kam ish haqining 100 barobarigacha bo‘lsa (hozirgi kunda 100 x 172 240 so‘m = 17 224 000 so‘m) jismoniy shaxs kafilligi yoki sug‘urta polisi, undan yuqori bo‘lsa, garov ta’minoti (ko‘char yoki ko‘chmas mulk) taqdim etiladi.

Iste’mol kreditlari boshlang‘ich badalsiz, 3 yil muddatgacha beriladi.

Kreditning faqatgina bitta sharti bor, u ham bo‘lsa, tovar (ish, xizmat) O‘zbekistondan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilayotgan) bo‘lishi lozim.

Kredit summasi tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Kredit quyidagi maqsadlar uchun taqdim etiladi:

“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va siz uchun yanada qulay hamda zamonaviy xizmlatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 233-63-78 telefon raqamidan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning:

Veb-sayt: www.uzpsb.uz;

Telegram: https://t.me/UzSQB;

Facebook: https://www.facebook.com/uzpsb;

UZPSB Mobile: http://goo.gl/rpgHor (Android dasturi uchun),

https://itunes.apple.com/vn/app/uzpsb-mobile/id1125872822?mt=8 (iOS dasturi uchun).

“O‘zsanoatqurilishbank” har bir xodimning oliy fazilati — bu mijozlarga sidqidildan xizmat qilish, eng oliy burchi esa — jonajon O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdir!

Reklama huquqi asosida!