“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi UzDaily.
Uchrashuvning asosiy maqsadi neft-gaz sektorini budjetdan qo‘llab-quvvatlash va “O‘zbekneftgaz” AJ loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston tomoni bank missiyasini neft-gaz sektoridagi islohotlar va kompaniyaning xalqaro bozorda ishtirok etish rejalari haqida xabardor qildi. O‘zbekistonda gaz yetkazish va gazlashtirish bo‘yicha bosh sxema ishlab chiqarilayotganligi ta’kidlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Jahon bankiga investitsion loyihalar samaradorligini baholash, tarif siyosati va bosh sxemaning boshqa komponentlarini ishlab chiqishda ishtirok etishni taklif qildi.
Tomonlar ko‘rib chiqilgan masalalarni muhokama qilish uchun yana bir nechta uchrashuv o‘tkazishga kelishdi.
Izoh (0)