Prezidentning 7-fevraldagi farmoni ishlayotgan pensionerlarning ba’zi toifalariga to‘liq pensiya to‘lanishini ko‘zda tutadi, deb yozadi Norma.

Foto: Norma

2018-yilning 1-martidan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining:

  • Qurolli kuchlar va yuqorida sanab o‘tilgan huquq-tartibot organlari tizimida (shu jumladan maslahatchi bo‘lib);
  • umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida direktor, uning o‘rinbosari, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisi bo‘lib, shuningdek, “Vatanparvar” tashkilotida;
  • OTMlar harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘qituvchi bo‘lib;
  • harbiy boshqaruv mahalliy organlarida, shuningdek, faxriylar ishlari bo‘yicha kengashlarda;
  • viloyat, tuman (shahar) Prezident Xalq qabulxonalarida;
  • Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ijoriya apparatida va boshqa joylarda ishlaydigan harbiy xizmatchilari va xodimlariga pensiya to‘liq holda to‘lanadi.