Illinoys universiteti ekspertlarining Urban-Shampeyndagi yangi tadqiqotchilik ishlari ta’lim olish jarayoniga bag‘ishlangan.

Foto: “Detstrana.ru”

Olimlar agar maktabdagi darslar toza havoda o‘tkazilsa, bolalar o‘quv materiallarini qanday o‘zlashtirishini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Shu maqsadda ular shahar xiyobonlaridan birida bir qator tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Olimlarning yosh yordamchilari sifatida uchinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Bolalar tajribada ishtirok etishi haqida ogohlantirilmagan edi – faqat ularga darsni maktabdan boshqa joyda o‘tkazish taklif qilingan.

Tadqiqot natijalari ochiq havoda o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan keyin ish unumdorligining umumiy bahosi maktab xonasidagi darsdan keyingi ish unumdorligiga qaraganda yuqoriroq ekanligini va 81 foizni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

Va bu, tajribaviy mashg‘ulotlarning davomiyligi odatdagidan 10 daqiqa kamroq bo‘lgan sharoitdagi ko‘rsatkichlar bo‘lgan. 10 daqiqa vaqtni bolalar maktabdan xiyobongacha yetib olish uchun sarflagan.

Tajribalarning natijalari bo‘yicha, olimlar o‘quv muassasalari rahbarlariga darslarni ko‘proq toza havoda o‘tkazishni tavsiya qildi.

Daniyalik olimlar esa o‘qish jarayonida bolalar ilgari hisoblanganidek tushlik vaqtida emas, balki ertalabki paytlar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotganini aniqladi. O‘quvchilarda aynan ertalabki soatlar eng yuqori miya faolligi va ishlash qobiliyati qayd qilingan, keyinroq esa bu ko‘rsatkich har soatda pasayib borgan.