Rossiyaning Nijegorod viloyati Afonino qishlog‘idagi ikki qavatli uyning kvartiralaridan birida yuzaga kelgan yong‘in uch nafar bolani hayotdan olib ketdi. Bu haqida 9-fevral, juma kuni FVV hududiy bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

O‘t o‘chiruvchilar narvon yordamida ayol va erkak kishini qutqargan. Kvartirada uch nafar yosh bola borligidan xabar topgan gaz-tutundan himoya qilish xizmati kuchlari kvartiraning barcha xonalarini tekshirdi. Afsuski, yong‘in joyida hayot belgilari bo‘lmagan uch nafar bolaning jasadi topildi.

Mutaxassislar turar-joyning boshqa fuqarolarini ham evakuatsiya qilgan.