Moskvadan Barnaulga tomon harakatlanayotgan samolyot bortidagi yo‘lovchi psixik xurujdan so‘ng halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri parvoz boshidanoq o‘zini g‘alati tuta boshlagan. U oyoq kiyimini salon bo‘ylab otib, g‘alati ovozlar chiqargan, hojatxonalar eshiklarini ko‘p marta ochib-yopgan. Taxminan, yarim soatdan so‘ng erkakning ahvoli keskin yomonlashgan, uning burnidan qon ketib, polga qulagan va vafot etgan.
Bortdagi bort kuzatuvchilari va shifokorlar zarur reanimatsion harakatlarni amalga oshirgan, biroq yo‘lovchi tibbiyot va politsiya xodimlari yetib kelmasdan turib vafot etgan.
Izoh (0)