Meksikalik erkak pochta orqali tirik yo‘lbars bolasini jo‘natishga urinib ko‘rdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: AP

Ichiga hayvon joylangan qutini politsiya iti aniqlagan. Yo‘lbars bolasi Xalisko shtatidan Meksikaning g‘arbiga ekspress pochta orqali jo‘natilgan plastik quti ichida bo‘lgan. U chanqagan, biroq umumiy holati yaxshi bo‘lgan.

Jo‘natmaning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham, hayvonning bunday jo‘natilishi shafqatsiz munosabat deb tan olingan. Yo‘lbars bolasi olib qo‘yilgan va hayvonlarni saqlash markaziga jo‘natilgan. Politsiya va tabiatni muhofaza qiluvchi idoralar tekshiruv boshlagan.