Liviyaning Bing‘ozi shahridagi masjidda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar xavfsizligini ta’minlash shtabidagi manba ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Portlash 9-fevral, juma kuni Sa’d bin Obid masjidi ichida ro‘y berdi. Jinoyatchilar bu yerdagi namozxonada kitoblar orasida portlovchi modda to‘ldirilgan sumkani qoldirgan.

“Hozirda ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum. 20 dan ortiq kishi yaralandi, ulardan ayrimlari og‘ir holatda”, — dedi shtab xodimi.