Ispaniyalik diktator Fransisko Frankoning (1892—1975) nabirasi Fransisko Franko Martines-Bordiu transport vositasini boshqarishdagi ehtiyotsizlik va hukumat vakiliga hujum qilganligi uchun 30 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 8-fevral, payshanba kuni El Mundo xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
2012-yilning 30-aprelida Teruel provinsiyasida Ispaniya fuqarolik gvardiyasi diktatorning nabirasi boshqarayotgan mashinani yaqin yoritish chiroqlari yoqilganligi uchun to‘xtatmoqchi bo‘ldi.
Franko Martines-Bordiu huquq-tartibot xodimlaridan qochishga urindi, biroq oxir-oqibatda patrul mashinasiga borib urildi. Oqibatda bir nafar tartib qo‘riqchisi jabrlandi.