Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatining finali ostonasida to‘p suradigan to‘rt mamlakat termalari nomi aniq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Chorak finalning birinchi o‘yinida Iroq va Livan termalari o‘zaro to‘qnash kelib, bellashuvning asosiy daqiqasi 2:2 hisobi bilan yakuniga yetgandi. Penaltilar seriyasida esa omad iroqlik futbolchilarga kulib boqdi — 9:8.

Parallel kechgan o‘yinda yaponiyalik futzalchilar Bahraynga imkoniyat qoldirmadi — 2:0. Shu tariqa kunchiqar yurt termasi qit’a birinchiligining ketma-ket to‘rt o‘yinida g‘olib chiqishga erishdi.

Eron futzalchilari yarim final yo‘lida Tailand darvozasiga 9 gol urishga erishdi — 9:1. O‘zbekiston esa Vyetnamni taslim qildi — 3:1.

Futzal. Osiyo Chempionati. Vyetnamni taslim qilgan O‘zbekiston yarim finalga yo‘l oldi va Eronga raqib bo‘ldi

Guruh bosqichida Yaponiyadan mag‘lub bo‘lgani uchun ham o‘zbekistonlik futzalchilar yarim finalda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Eron bilan to‘qnash keladi. Parallel o‘yinda esa Yaponiya Iroqni sinovdan o‘tkazadi. Iroq — Yaponiya o‘yini 9-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da, Eron — O‘zbekiston to‘qnashuvi esa shu kuni 16:00 da start oladi.