Bugun — 9-fevral kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Chempionatining yarim finalida Eronga qarshi maydonga tushadi. Xitoy Taypeyida o‘tadigan mazkur bellashuv tomonlarning tarixdagi 28-to‘qnashuvi bo‘ladi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri.

Foto: “Championat.asia”

Bungacha o‘zbekistonlik futzalchilar forslar bilan 27 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 26 tasida imkoniyatni boy bergan va faqatgina bir marta — 2012-yilgi o‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etilgan.

2014-yilgi Osiyo Chempionatida o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija qayd etilgan bo‘lib, Eron termasi O‘zbekiston darvozasiga javobsiz 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ortda qolgan uchrashuvlarda Eron jami 146 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekiston termasiga esa 35 ta gol urish nasib qilgan. Bu o‘rta hisobda 1 ta bellashuvga 1,5 taga ham to‘g‘ri kelmaydi.

Foto: “Championat.asia”

Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi va Sport-TV kanalida jonli ko‘rsatiladi.