AdMe Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlarni to‘plab taqdim etdi.

Uning tug‘ilgan kuni ma’lum emas

Foto: AdMe

Uning ota-onasi Shimoliy Koreyaning bo‘lajak diktatori Kim Chen Ir va Ko Yon Xi edi. Katta akasi Kim Chen Chxol bo‘lsa, bir muddatdan keyin kichik singlisi Kim Yo Chjon tug‘ildi.

Shimoliy Koreya yetakchisining rasmiy tug‘ilgan yili — 1982-yil, biroq bu sana o‘zgartirilgan deb hisoblanadi. Bunga turli sabablar keltiriladi — o‘sha yili Kim Ir Senning 70, Kim Chen Irning esa 40 yoshga to‘lganligi ham ana shunday sabablardan biri.

Shunga qaramasdan, yaqinda AQSh G‘aznachilik departamenti Kim Chen Inga nisbatan e’lon qilgan sanksiyalarda u tug‘ilgan sana 1984-yilning 8-yanvari deb ko‘rsatilgan.

Uning qoshlari borgan sari qisqarmoqda

Foto: AdMe

Turli yillarda olingan suratlarga ko‘ra, KXDR rahbarining qoshlariga nimadir bo‘lmoqda: u qisqarmoqda. Aytishlaricha, u o‘z otasi Kim Chen Irga o‘xshash maqsadida qoshlarini terib tashlayotgan bo‘lishi mumkin.

Sirlarga to‘la bolalik

Foto: AdMe

Kim Chen In o‘zining bolaligi tasvirlangan suratlarni namoyish etavermaydi. Yuqoridagi surat 2014-yilda KXDR harbiy-havo kuchlari kuniga bag‘ishlangan marosimda namoyish qilingandi. Suratda mamlakat rahbarining bolaligi tasvirlangan deyiladi, biroq bu fakt emas.

U mahalliy pop-guruhlar uchun qizlarni tanlaydi

Foto: AdMe

Shimoliy Koreyada ham pop-musiqa mavjud, biroq u sal boshqacha: masalan, musiqachilar — harbiy orkestr, klipda esa Shimoliy Koreya xalqi qachalik yaxshi yashayotgani ko‘rsatilishi kerak.

KXDRdagi eng mashhur guruh — “Moranbon” ansambli hisoblanadi. Mamlakat rahbarining shaxsan o‘zi mazkur guruh tarkibiga kiruvchi qizlarni tanlab olgan.

U Shveysariyada boshqa bir inson nomi ostida o‘qigan

Foto: AdMe

U Shveysariyada Shimoliy Koreya elchixonasi xodimining o‘g‘li, In Pak sifatida tanishtirilgan.

Sobiq sinfdoshlari Kim Chen Inni uydan chiqmaydigan yuvosh, biroq hazil-mutoyibani tushunadigan yigit sifatida tasvirlaydi.

Uning bir sinfdoshi shunday hikoya qiladi: “U hazilni tushunardi, hamma bilan, hatto Shimoliy Koreyaga dushman mamlakatlardan kelganlar bilan ham kelishardi. Maktabda siyosiy muhokamalar taqiqlangan edi — faqat futbol haqida bahslashish mumkin edi”.

U basketbolni yoqtiradi va Dennis Rodman bilan do‘st hisoblanadi

Foto: AdMe

Aytishlaricha, Kim Chen In yoshligida doim basketbol yulduzi Maykl Jordanning suratlari chizib yurgan.

KXDR rahbari rostdan ham basketbolni yaxshi ko‘radi, 2013-yilda esa Dennis Rodman bilan tanishgan va unga o‘zining shaxsiy orolini ko‘rsatgan. Dennis Kim Chen In haqida shunday degan: “Balki u telbadir, lekin men buni sezmadim”.

U doimo suratga kulib tushadi

Foto: AdMe

Foto: AdMe