Filippin yetakchisi Rodrigo Duterte amerikalik hamkasbi Donald Trampni yaxshi prezident deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Foto: AFP

“Trampni qo‘llab-quvvatlayman. U — yaxshi prezident. Mamlakati uchun ko‘p ish qilyapti, faqat uni tushunishmayapti”, — dedi Duterte matbuot anjumanidagi chiqishi chog‘ida.

Duterte oldin Trampning o‘tmishdoshi Barak Obamani keskin tanqid qilgan, bir gal uni haqoratlashdan ham o‘zini tiymagandi.