9-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

1. Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylandi: metro qurilishi bilan tanishdi, madaniyat va istirohat bog‘lari qurilishini borib ko‘rdi, “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi, Janubiy Koreya mutaxassislari taklif qilayotgan loyihani ko‘zdan kechirdi.

2. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chilonzorda barpo etiladigan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan bo‘ldi. Prezident masjid loyihasi bilan tanishar ekan, uni yanada takomillashtirish, bunda xalq va ulamolarning takliflarini ham o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

3. Farg‘onada besh yoshli qizchani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi. Toshkent viloyatida esa uch bolani o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.

4. Diagramma: O‘zbekistonning so‘nggi 12 yildagi eksport ko‘rsatkichlari. Qiziqarli raqamlar va e’tiborga molik qiyos.