Birlashgan millatlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti 2018-yilda dunyodagi och qolayotgan odamlarga yordam uchun donorlardan 1,06 milliard dollar so‘ramoqda. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar beradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

“2017-yilda tezkor gumanitar javob qaytarish tufayli millionlab odam hayoti qutqarilganligiga qaramasdan, millionlab odam ocharchilik yoqasida qolmoqda”, — deydi tashkilotning favqulodda vaziyatlar va reabilitatsiya bo‘limi direktori Dominik Burjon.

Inqirozdan jabrlangan eng xavfsiz bo‘lmagan 26 mamlakat, jumladan, Yaman, Kongo Demokratik Respublikasi, Janubiy Sudan, Suriya va Somaliga yordam ko‘rsatish zarur ekanligi ta’kidlandi. Iroq va Myanmada ham murakkab vaziyat kuzatilmoqda.

BMTning ma’lum qilishicha, hozirda dunyo bo‘yicha 815 million kishi ovqatga to‘ymasdan yashamoqda.