Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri meri Albek Ibraimov jamoat transportida yurishdan uyalmasligini ma’lum qildi, deb yozadi K-News.

Foto: K-News

Ibraimovning ta’kidlashicha, jamoat transporti qanday ishlashini aniqlash uchun shanba va yakshanba kunlari avtobusda yuradi.

“Ikki yildan beri mer lavozimida faoliyat yuritmoqdaman. Jamoat transporti qanday ishlayotganini bilish uchun muntazam ravishda ushbu turdagi transport xizmatidan foydalanaman. Avtobusga necha kishi chiqqani va undan necha kishi imtiyoz asosida foydalanganini sanagan paytlarim ham bo‘lgan”, — dedi shahar meri.