10-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron, Hindiston va Pokistonga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Pokiston tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashuv va muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilmoqda.

Muzokaralarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qilish ham kutilmoqda.