Nyu-Yorkdagi savdolarda Twitter aksiyalari narxi 13,3 foizga ko‘tarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Oxirgi yil mobaynida kompaniya kapitallashuvi 44 foizga oshdi va 18,75 milliard dollarga yetdi.

Twitter 2017-yil to‘rtinchi choragida 12 yillik tarixi davomida ilk bor sof foyda bilan chiqdi. Oktabr—dekabr oylarida sof foyda miqdori 91,1 million dollar yoki bir aksiya uchun 12 sentni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, 2016-yilning shu davrini kompaniya 167 million dollar zarar bilan yakunlagandi.