Siz ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniya vakilisiz. Siz mahsulotni sotishni yo‘lga qo‘ygansiz, biroq internetda rasmiy saytingiz mavjud emas. Aksariyat qismi internetdan foydalanuvchi mijozlaringizni mahsulotingiz bilan tanishtirish uchun virtual olam imkoniyatlaridan foydalanmayapsiz. Mazkur vaziyatda amerikalik taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Bill Geytsning bir gapini eslatib o‘tish joiz: “Agar siz internetda yo‘q bo‘lsangiz, biznesda ham mavjud emassiz!”.

Xo‘p, Bill Geytsning so‘zlariga amal qilib, internetda bo‘lishga qaror qildingiz, deylik. Internetda bo‘lishning qanday ko‘rinishlari bor, degan savol tug‘iladi. Eng avvalo ijtimoiy tarmoqlar, keyin esa turli internet nashrlariga reklama joylashtirish. Facebook, Instagram, Telegram kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlarda korxonaning sahifasini ochishingiz va u yerda yangi mahsulot bilan mijozlarni tanishtirib borishingiz mumkin. Bu yaxshi albatta. Biroq bu kabi ijtimoiy tarmoqlarda barcha turdagi mahsulotingizni ommaga namoyish eta olmaysiz. Bir-ikki, uch-to‘rtta rasm joylarsiz, ammo qolgan mahsulotlar-chi?

Internet saytlariga ham ma’lumot sifatida reklama joylashtirasiz, lekin  u yerda ham shu muammo. Barcha turdagi mahsulotlaringizni bitta reklama materialiga sig‘dira olmaysiz. Bu masalaning yechimi esa korxonangiz uchun internet sayt yaratishdir. Shu tariqa, sizda internet tarmog‘ida saytingizni yaratish istagi tug‘iladi. Sayt — bu sizning onlayn do‘koningiz. U yerga barcha turdagi mahsulotlaringizning rasmi, ular haqida qisqacha ma’lumot va narxini ham yozib qo‘ya olasiz. Mijozlar kunning istalgan vaqtida saytingizga kirib, siz taqdim etayotgan mahsulot haqida ma’lumot olishi mumkin. Saytingizni kechayu kunduz ishlaydigan do‘konga yoki oylik, dam olish kuni va ta’til so‘ramaydigan xodimga o‘xshatish mumkin. Axir biron bir mahsulot haqida mijozlarga ma’lumot berish uchun siz xodimingizga tushuncha berishingiz kerak. Bundan tashqari, uning ish vaqti chegaralangan. Ta’tilga yoki dam olishga chiqib ketganida esa kimdir uning ishini qilib turishi kerak. Aynan mana shu jihatdan sayt yuqorida sanab o‘tilgan barcha funksiyalarni bajaradi.

Shu o‘rinda internet saytni qanday ochish mumkin, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Biz bu masalani tahlil qilib chiqqan holda O‘zbekistonda internet sayt ochishning keng tarqalgan to‘rtta yo‘nalishi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

  1. Web studiyalar

Nomi chiqqan, haqiqatdan sifatli va imkoniyatlari keng bo‘lgan web studiya bilan ishlashingiz mumkin. O‘zbekistonda bunday studiyalar talaygina. Ular siz istagan ko‘rinishdagi va siz istagan funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan saytni yaratib bera olishadi. Lekin sifatli mahsulot arzon bo‘lmaganidek ularning xizmat haqi ham nisbatan yuqori. Tahlilimiz natijasida 5 ta veb studiya bilan bog‘landik va biz xohlagan sayt yaratish narxi o‘rtacha 7 million so‘mdan 10 million so‘mgacha ekanligini bilib oldik. Lekin biznesning boshlang‘ich jarayonida shuncha mablag‘ sarflash ko‘pchilik uchun qiyin bo‘lishi shubhasiz.

  1. Xususiy dasturchilar

Xususiy dasturchi xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Balki, mana shu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan tanishlaringiz bordir. Ularga murojaat qilishingiz mumkin. Xususiy dasturchilarning xizmati sizga eng kamida 400 AQSh dollariga tushadi.

  1. Sayt konstruktorlari

Onlayn ravishda web sayt tashkil etib beruvchi konstruktorlar yordamidan foydalanishingiz mumkin. Bunday konstruktorlar O‘zbekistonda mavjud emas. Ular faqat chet elda faoliyat yuritadi ( masalan, wix.com sayt konstruktori). Biroq ularning ham xizmati pullik. Bunda siz sayt shablonini konstruktordan sotib olasiz va o‘zingiz istagan ko‘rinishda sayt yaratishingiz mumkin.

  1. “Glotr.uz”

Internet sayt yaratishning yurtimizda mavjud bo‘lgan yana bir yo‘nalishlaridan biri bu “Glotr.uz” onlayn savdo markazidir. “Glotr.uz” da ro‘yxatdan o‘tib siz bepul(!) ravishda o‘z internet saytingizni yaratishingiz mumkin. Hа, aynan bepul ravishda (avvaliga biz ham ishonmadik).

Endi har bir yo‘nalishni alohida tahlil qilib chiqsak.

O‘zingizga ma’lumki, hamma narsaning o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari bo‘lgani kabi sayt yaratishning yuqorida sanab o‘tilgan turlarining ham o‘z plyus va minuslari bor.

Birinchi yo‘nalishni olib qaraydigan bo‘lsak, web studiyada sizga haqiqatdan ham sifatli va talabga javob beradigan sayt yaratib berishadi. Biroq, endigina faoliyat boshlayotgan tadbirkor uchun web studiya xizmatidan foydalanib, sayt yaratish qimmatlik qiladi. Axir ishni endi boshladingiz, siz hali daromad qilmayapsiz. Saytingizni yaratish uchun kanida 8 million so‘m to‘lash sizga og‘irlik qiladi.

Bundan tashqari, saytni yaratish bir ish, uni boshqarish, yuritish esa boshqa ish. Siz web studiyadan saytingizni yangilab, yuritib turishni so‘rasangiz, bu ham qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi.

Ikkinchi yo‘nalishda xususiy dasturchi sizga ancha arzon narxga sayt yaratib beradi. Biroq, buning o‘ziga yarasha minuslari bor.

Butun boshli jamoa yaratadigan saytni bitta odam yaratdi. Bunda uning ishini sifat nuqtayi nazaridan qoniqarli deb bo‘lmaydi. Sayt tashqi ko‘rinishidan ideal tarzda bo‘lishi mumkin. Lekin uning ichki funksiyalari talabga javob bermaydi.

Yana bir tomoni saytni yuritib turish uchun xususiy dasturchiga ham pul berib turishingiz kerak. Yoki sayt dizaynini o‘zgartirishi yoki qo‘shimcha funksiyalar qo‘shish istagi tug‘ilsa, bu ham qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi.

Uchinchi yo‘nalish

Konstruktorda sayt yaratish uchun kuchli bilimga ega bo‘lishingiz kerak. Chunki aynan mazkur yo‘nalishda sayt yaratish oddiy foydalanuvchiga mo‘ljallanmagan. Siz buning uchun sayt sohasida nazariy tajribaga ega bo‘lishingiz kerak.

Konstruktor yaratib bergan saytning imkoniyatlari cheklangan bo‘lgani uchun, uni rivojlantirish uchun muntazam ravishda pul to‘lab turishingiz kerak.

To‘rtinchi yo‘nalish

“Glotr.uz” da saytingizni yaratish uchun atigi 3 daqiqa kifoya. Bunda ro‘yxatdan o‘tasiz, korxona haqida ma’lumot kiritasiz va “Sayt yaratish” tugmasini bosganingizdan so‘ng sayt ishga tushadi. “Glotr.uz” sizga bir nechta sayt ko‘rinishlarini taqdim etadi. Ulardan o‘zingizga mosini tanlaysiz. Fon rangini o‘zgartishingiz mumkin. Rasm va boshqa ma’lumotlar kiritishingiz mumkin. Jarayon sizdan kuchli bilim talab etmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni bilasizmi, demak “Glotr.uz” da sayt yarata olasiz.

“Glotr.uz” orqali sayt ochishning qanday afzalliklari bor?

Birinchidan, “Glotr.uz” orqali sayt ochish mutlaq bepul bo‘lib, sizga o‘z saytingizni ishga tushirish uchun sarflanadigan pulni tejash imkonini beradi.

Ikkinchidan, saytni ochish uchun hech kimni yollamaysiz, o‘zingiz o‘z qo‘lingiz bilan ro‘yxatdan o‘tib, saytni yo‘lga tushirishingiz mumkin. Bu esa yana mablag‘ tejaldi, degani.

Bundan tashqari, saytni tez fursatda ochasiz. Sayt yaratish uchun ketadigan vaqtni tejaysiz!

“Glotr.uz”da ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng siz ikkinchi darajali bepul domen nomni qo‘lga kiritasiz, uni esa istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin.

Uchinchidan, “Glotr.uz”da ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga 40 ta gacha mahsulot qo‘shish uchun xosting bepul tarzda beriladi.

To‘rtinchidan, saytning boshqaruv tizimi o‘ta oddiy bo‘lib, saytingizni o‘zingiz mustaqil ravishda boshqarishingiz mumkin.

Beshinchidan, saytni boshqarishning maxsus ishlab chiqilgan paneli sizga tezda va osonlik bilan saytning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini beradi. Siz o‘zingizga mos keladigan sayt shablonini tanlashingiz, rangini o‘zgartirishingiz, istalgan formatdagi materialni (rasm yoki animatsiya) joylashtirishingiz mumkin.

Eng asosiysi esa “Glotr.uz”da yaratgan saytingizga qo‘shgan har bir mahsulotingiz “Glotr.uz” katalogida paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida “Glotr.uz” katalogiga tashrif buyurgan potensial mijozlar sizning mahsulotingiz bilan bevosita tanishib chiqish imkonini beradi. Misol uchun siz qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanasiz va saytingizga o‘z mahsulotlaringiz va ular haqidagi ma’lumotlarni yukladingiz. Shundan so‘ng sizning mahsulotlaringiz nafaqat o‘z saytingizda balki “Glotr.uz”ning mebel sahifasida paydo bo‘ladi.

“Glotr.uz”da 10 000 dan ortiq korxona va tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan, unda 150 mingdan ortiq mahsulotlar joylashtirilgan. Bu esa saytda tadbirkorlar o‘rtasida katta raqobatni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, har bir tadbirkor saytga kirgan foydalanuvchilarga birinchi bo‘lib, o‘zini ko‘rsatgisi va mahsuloti bilan uni tanishtirgisi keladi. “Glotr.uz” tadbirkorlarning saytdagi faolligini ballar bilan baholash tizimini yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya o‘z saytini qanchalik tez-tez yangilasa, ya’ni uni yangi materiallar va suratlar bilan to‘ldirib, mahsuloti haqida to‘liq va batafsil ma’lumot bersa bu uning reytingini shunchalik oshiradi. Mazkur reyting esa tadbirkorga “Glotr.uz”da foydalanuvchiga birinchi bo‘lib ko‘rinish, shu orqali  ko‘proq mahsulot sotish imkonini beradi.

Batafsil ma’lumot

“Glotr.uz” haqida batafsil ma’lumot bilan “Glotr.uz” saytidan yoki (+998-71) 150-67-76 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida