Qozog‘istonlik bir nechta ovchi bo‘rini yaraladi va uni o‘ldi deb o‘yladi. Biroq ovchilardan biri yirtqichni turtgan vaqtda, u sakrab turdi va ovchini tishlashga harakat qildi. Bo‘ri hatto ovchini qorga yiqitishga ulgurgan, biroq boshqa ovchilar o‘z vaqtida yordamga kelgan.

“RIA Novosti”ning yozishicha, biroz vaqtdan so‘ng bo‘ri o‘lgan, u hujum qilgan ovchi esa jarohatlanmagan.

Holat aks etgan video bir sutkada 90 ming martadan ortiq tomosha qilingan.