6-fevral kuni Chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat 2017-yil 6-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan edi.
Bitimga binoan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, terrorga va noqonuniy narkotik savdosiga, shuningdek, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga qarshi qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.
Izoh (0)