AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan Suriya prezidenti Bashar Asad tarafdorlariga berilgan aviazarbalar davomida yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda amerikalik mansabdor Reuters agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Agentlik bu kabi katta yo‘qotishlar hujum ko‘lamidan dalolat berishini ta’kidlaydi. Unga Suriya hukumati tarafdorlari kuchlari tomonidan artilleriya qo‘llab-quvvatlagan 500 ga yaqin odam, tanklar, ko‘chma zenit-raketa komplekslari va minomyotlar jalb etilgan.
Avvalroq AQSh aviatsiyasi Suriya prezidenti Bashar Asad tarafdorlariga zarba berganligi xabar qilingan edi. Amerikalik harbiylar buni Asad tarafdorlari AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Suriya demokratik kuchlari” shtabiga hujum qilgandan so‘ng amalga oshirganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)