Amerikalik model Kayli Jennerning Instagram’dagi posti ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng ommabopi bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

stormi webster 👼🏽

A post shared by Kylie (@kyliejenner) on

7-fevral, chorshanba kuni model 1-fevral kuni dunyoga kelgan qizining suratini e’lon qildi. Bir kecha-kunduzning o‘zida post 14 milliondan ortiq “layk” yig‘di. Jennerning obunachilari soni esa 103 million.

Yigirma yoshli model Kayli Jenner “Kardashyanlar oilasi” teleshousidagi ishtiroki tufayli tanilgan. U, shuningdek, Forbes jurnalining eng ko‘p daromad oluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan mashhurlar o‘nligiga ham kirgan. 4-fevral kuni u farzand ko‘rganini ma’lum qildi va homiladorligini muxlislaridan bekitganini tan oldi.

Jennerning posti ommaboplik borasida “Real” va Portugaliya termasi forvardi Krishtianu Ronalduning posti (11,3 millionta “layk”)ni ortda qoldirdi.