9-fevral kuni Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta masalatchisi Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra hukumat, tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tuzilmalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.
Izoh (0)