O‘zbekistonda joriy yilda 346 mingtadan kam bo‘lmagan doimiy ish o‘rnini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 3-fevral kungi farmonida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
168,2 ming kishi sanoat, qishloq xo‘jaligi va investitsion loyihalar doirasidagi xizmatlar sohasida ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
46,6 ming ish o‘rnini qishloq joylarda arzon turar-joylar, ko‘p xonadonli uylar, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari qurilishi hisobidan tashkil etish rejalashtirilmoqda.
10,6 ming kishi yangi maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarining qurilishi va rekonstruksiya qilinishi natijasida ijtimoiy infratuzilma yangi muassasalarining ishga tushishi hisobidan ish bilan ta’minlanadi.
169,5 ming kishi, jumladan, 140,1 ming ish bilan band bo‘lmagan fuqaro, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar a’zolari mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 25,9 ming mehnat bilan band bo‘lmagan shaxsni kasbga o‘qitish markazlarida kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)