WhatsApp lahzali xabarlar xizmatining yangi beta-versiyasi chiqdi, unda foydalanuvchilarga guruhli qo‘ng‘iroqlarga uchtagacha “qo‘shimcha” ishtirokchilarni qo‘shish uchun ruxsat beriladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Shu tariqa, siz qo‘ng‘iroq qilayotgan odamdan tashqari, yana uch kishini qo‘sha olasiz, shunda bitta konferensiyada bir yo‘la besh foydalanuvchi qatnasha oladi.

Guruhli qo‘ng‘iroqning yangi ishtirokchilarini qo‘shish tugmasi qo‘ng‘iroq qilish ekranining yuqori o‘ng burchagida paydo bo‘ladi. Uni bosib, suhbatga kontaktlar ro‘yxatidagi yana uch kishini qo‘shishingiz mumkin.

Funksiya yaqinda foydalanuvchilarning keng doirasi uchun ochiq bo‘ladi.