5-fevral kuni kechki payt Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Lyudmila Kucherenko shu hududdagi aqli zaiflar maktab-internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketishga kelganida mast holda bo‘lgani uchun bunga ruxsat berilmadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: Trend

Shundan so‘ng ayol Toshkent shahar IIBBga qo‘ng‘iroq qilib, maktab-internat hududida bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan.

Voqea joyiga tuman IIB va huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib, maktab-internat hududini tekshirganida portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yolg‘on xabar bergan Lyudmila Kucherenko ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.