Telegram rasmiy blogiga ko‘ra, istalgan saytning egasi messenjer yordamida saytlarga kirish uchun vidjet qo‘shish imkoniga ega bo‘ldi, deb yozadi TJournal.

Foto: Getty Images

Birinchi avtorizatsiya vaqtida foydalanuvchi telefon raqam va tasdiqlovchi kodni kiritishi lozim. Shundan so‘ng u saytga Telegram yordamida ikki harakat bilan kirishi mumkin, smartfonga esa bu haqda xabar keladi.

Ishlab chiqaruvchilar sayt egasiga faqat Telegram’dagi ism va profil surati kelishini ma’lum qildi. Telefon raqami oshkor etilmaydi.