Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung kompaniyasi o‘zining flagmanlar liniyasi nomini o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda degan mish-mishlar tarqaldi, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Janubiy koreyalik manbalarning tasdiqlashicha, joriy yilda taqdim etiladigan Galaxy S9 flagmanlari Galaxy S brendining so‘nggisiga aylanadi. Keyingi yildan Samsung flagmanlari Galaxy X nomi ostida ishlab chiqariladi.

Samsung bu orqali Apple’ning iPhone X seriyalari bilan raqobatni maqsad qilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari flagman nomida ikkita raqam bo‘lishi ham g‘alati: Galaxy S11 yoki S12.

Shu bilan birga Galaxy X nomi ko‘pincha Samsung’ning “egiluvchan smartfonlari” nomi bilan faol qo‘llanib kelinadi.