O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida bir qator o‘yinlar o‘tkazgan himoyachi Davron Hoshimov faoliyatini Namanganning “Navbahor” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, Hoshimov bilan 1 yillik kelishuvga erishilgan. Futbolchining oldida bir qator variantlar bor bo‘lsa-da, u aynan “Navbahor”ni afzal bilgan.
“Paxtakor” sobiq futbolchisi bunga qadar “Qo‘qon-1912” mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelayotgandi. Avvalroq Toshkent grandini Javohir Sohibov, Sherzod Karimov, Igor Sergeyev kabi futbolchilar ham tark etgandi.
Izoh (0)