O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 2018-yil 2, 9, 14, 16, 21, 23-fevral kunlari 19:00 da “Shashmaqom” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OXUS Culture jamiyati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Nasri Uzzol, Ufari Uzzol - Habibulla Yunusov

Festival O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va OXUS Culture jamiyati hamkorligidagi navbatdagi musiqiy loyiha bo‘lib, uning muallifi — Husniddin Ato.

Loyiha Shashmaqom musiqa merosiga bag‘ishlangan bo‘lib, 2013 va 2014-yilllarda ilk bora o‘tkazilgan “Shashmaqom ko‘rgazmasi” loyihasi tinglovchi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan edi.

Bu galgi loyihada esa Shashmaqom musiqa merosining har bir bo‘limi, turkumlariga alohida e’tibor qaratilgan. Festivalga tashrif buyuruvchilar Shashmaqom turkumigi kiruvchi barcha olti bo‘lim: Mushkulot (cholg‘u bo‘limi) qismidagi nodir asarlar va Nasr (ashula bo‘limi) qismidagi mukammal asarlarning turkumlaridan to‘liq bahramand bo‘lishi mumkin.

Foto: Savti Sarvinoz (turkum) - Ilyos Arabov

Foto: Muhammasi Nasrulloyi - Azamat Ergashev (nay)

Foto: Nasr (ashula qismi): Saraxbori Buzruk va taronalari I-VI - Nodira Pirmatova, Nodir Sharipov

Foto: Ufari Savti Sarvinoz raqsida Shohsanam Nasriddinova

Foto: Mushkilot (cholg‘u qismi): Tasnifi Buzruk, Tarje’i Buzruk, Garduni Buzruk - Shuxrat Xolxo‘jayev (tanbur)