Uyda tayyorlangan kunjutli kulchalarni butun oila bemalol nonushtada ham tanovul qilishi mumkin. Kulchalarning mazasi xuddi nonlarga o‘xshaydi.

Foto: “Xitrosti jizni”

Ko‘rsatilgan miqdordagi masalliqlardan o‘rtacha kattalikdagi 16 dona kulcha chiqadi.

Xamiri uchun:

suv 300 ml

zaytun yog‘i 2 osh. q.

shakar 1 osh. q.

tuz 1 ch. q.

yangi xamirturush 20 g

1-nav un 500 g

Kulchalarni moylash uchun:

tuxum sarig‘i 1 dona

suv 1 osh. q.

Kulchalarga sepish uchun:

qora kunjut 2 chimdim

kunjut 2 chimdim

1-qadam

Iliq suv solingan idishda xamirturush, tuz, zaytun yog‘i va shakarni aralashtiramiz, uning ustiga 500 gramm unni bo‘lib-bo‘lib elaymiz. Biroz unni elaymiz — xamirni aralashtiramiz, yana elaymiz — aralashtiramiz, 500 gramm un tamom bo‘lguncha shu tarzda davom ettiramiz.

2-qadam

Endi xamirni taxta ustiga qo‘yamiz, bir-ikki chimdim un sepamiz va 10 daqiqa qoriymiz. Qorish jarayonining oxirida xamirning qayishqoq, juda yumshoq bo‘lganini sezasiz.

3-qadam

Xamirni pishitgandan keyin yana idishga qo‘yamiz, ustini sochiq bilan yopamiz va yaxshiroq ko‘tarilishi uchun issiq joyga 1,5-2 soat qo‘yib qo‘yamiz.

4-qadam

Xamir ko‘tarilgach, uni yana pishitamiz va bo‘lakchalarga ajratamiz (16 dona).

5-qadam

Bu bo‘lakchalardan kulchalar yasaymiz, tova ichiga to‘shalgan pergament ustiga joylashtiramiz va issiq joyga 30 daqiqa ko‘tarilish uchun qo‘yamiz. Bu vaqt ichida duxovkani 180°C da yoqib qo‘yamiz. Kulchalar ko‘tarilguncha, duxovka qiziydi.

6-qadam

Kulchalar hajmi kattalashgani uchun ular bir-biriga tegib qoladi. Bu qo‘rqinchli emas, pishib chiqqandan keyin bir-biridan osongina ajraladi.

7-qadam

Endi tuxum sarig‘ini 1 osh qoshiq suv bilan aralashtiramiz va kulchalarga suramiz. Kunjut sepamiz, ba’zilariga och rangli, ba’zilariga esa qora kunjut sepamiz.

8-qadam

Duxovka ichiga qo‘yamiz va 30—35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Manba: “Xitrosti jizni”