10-fevral kuni Rossiyaning “NTV” telekanalida “Ti super!” xalqaro tanlovining ikkinchi mavsumiga start beriladi. Mazkur loyihada ikki nafar o‘zbekistonlik g‘oliblik uchun kurashadi, deb yozadi MyDay.

Foto: MyDay

“Ti super!” — vokal loyihasi bo‘lib, unda ota-onasidan erta yetim qolgan bolalarga o‘z iqtidorini namoyish etish imkoniyati beriladi. Bu yil loyihada 13 ta davlatdan tashrif buyurgan 82 nafar bola qatnashadi. Loyiha qoidalariga ko‘ra, tanlovda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin.

Foto: MyDay

15 yoshli Bobur Majidov o‘zi tarbiyalanayotgan mehribonlik uyida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etadi. Shuningdek, shahar va respublika ko‘rik-tanlovlarida qatnashadi. Uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.

10 yoshli Sevinch Xodiyeva — qo‘shiq kuylashni mehribonlik uyida boshlagan. Hozirda Sevinch turli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib keladi. Turkiyaga sayohat qilish va professional estrada xonandasi bo‘lishni orzu qiladi.