“Kommersant” elektromobillar bozori XX asrdan buyon qay tarzda rivojlanib borgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

1900-yilda AQSh ishlab chiqarilgan avtomobillarning 28 foizi elektrodvigatelda harakatlangan. Suratdagi Riker Electric Vehicle elektromobili Springfilddagi poyga musobaqasida ishtirok etmoqda.

Foto: “Kommersant”

1912-yildan boshlab Genri Fordning yangi ichki yonuv dvigateli va avtomobillarni konveyer usulida yig‘ish metodi paydo bo‘lgach, elektromobillarga bo‘lgan talab kamaya borgan. 1913-yilda ichki yonuv dvigatelli avtomobil 650 dollar turgan bo‘lsa, elektromobil 1750 dollar bo‘lgan.

Foto: “Kommersant”

1930-yilning o‘rtalariga kelib elektromobillar mutlaq chetga chiqib ketgan. Suratda Detroit Electric avtomobilining “Sietldan Reynir tog‘larigacha” turidagi ishtiroki.

Foto: “Kommersant”

Elektromobillarga bo‘lgan qiziqish 1970-yillarning boshida yana qayta paydo bo‘lgan. Sebring-Vanguard kompaniyasi Citicar mikroavtomobillarni ishlab chiqara boshlagan. Uning maksimal tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etgan. Bir marta quvvatlanish orqali esa 65 kilometr masofani bosib o‘ta olgan. Kompaniya 1974-yildan 1977-yilga qadar 2 mingga yaqin shu turdagi mashinalarni ishlab chiqargan.

Foto: “Kommersant”

Elektromobillarga bo‘lgan qiziqishning yangi oqimi 1990-yillar boshida, ko‘plab davlatlarda chiqindi gazlar ko‘payib ketganidan so‘ng yuzaga keldi. 1996-yilning oxirida General Motors konserni EV1 modelini taqdim etdi. Ammo konsern 1996—1999-yillar davomida shu turdagi elektromobillardan atiga 1100 nusxa ishlab chiqargan va dastur yopilgan.

Foto: “Kommersant”

1997-yilda Yaponiyada Toyota Prius gibrid avtomobili taqdim etilgan. Modelning narxi 18 ming dollar atrofida bo‘lgan.

Foto: “Kommersant”

2008-yilda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi XXI asrda birinchi bo‘lib elektromobillarni ommaviy ravishda ishlab chiqara boshlagan (Roadster).

Foto: “Kommersant”

2009-yilda Xitoy hukumati 2020-yilga borib o‘z mamlakatini dunyoda elektromobil ishlab chiqaruvchi yirik derjavaga aylantirish rejasini qabul qilgan. Reja doirasida har bir elektromobil uchun ishlab chiqaruvchilarga 9,3 ming dollar to‘lanadi.

Foto: “Kommersant”

2009-yilda Yaponiya ham ikkinchi bor ekologik toza avtotransportni yaratish va tadbiq etish bo‘yicha loyihani qabul qilgan.

Foto: “Kommersant”

1990-yildan beri Norevegiya hukumati elektromobil egalariga ko‘plab imtiyozlarni taqdim etib keladi. Bundan tashqari ular 1999-yilda buyon shaharlarda avtoturargohlardan tekin foydalanishi mumkin. 2016-yil oxiriga kelib mamlakat yo‘llaridagi avtomobillarning 5 foizini elektromobillar tashkil etgan.

Foto: “Kommersant”

Germaniya esa 2010-yilga kelibgina elektromobillarga e’tibor qaratdi. 2020-yilga qadar mamlakat yo‘llarida 1 millionga yaqin elektromobil paydo bo‘lishi kerak.

Foto: “Kommersant”