Toshkentning Uchtepa tumanida 4-fevral kuni fojia bilan yakunlangan hodisa yuz berdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
IIVning ma’lum qilishicha, 1989-yilda tug‘ilgan ruhiy kasal fuqaro O.Boronenko tonggi soat uchda uyi yaqinida yuzaga kelgan mojaro oqibatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi kurs talabasi M.Mamajonovning ko‘ksiga pichoq urgan.
Hodisa oqibatida 20 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘ldi. 28 yoshli ayol huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)