Toshkentning Bektemir tumanida mikroavtobus yo‘lovchisining yonidan salkam 30 gramm marixuana topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, 5-fevral kuni soat 12:45 larda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Kinologiya xizmat iti ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida Isuzu mikroavtobusi to‘xtatilib, uning haydovchisi va yo‘lovchilari tekshirilgan vaqtda, yo‘lovchilardan biri — 1986-yilda tug‘ilgan Tursunbayev Viktor Jurayevichning yonidan 28,69 gramm bo‘lgan marixuana topildi.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)