5-fevral kuni Toshkentda tarkibiga 30 ta filialni biriktirgan, yagona avtomatlashtirish tizimida ishlovchi franchayzing dorixonalar birinchi tarmog‘ining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“ArzonApteka” — bu franchayzing dorixonalarning birinchi o‘ziga xos tarmog‘idir, ular mahalliy FOM GROUP kompaniyasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan yagona avtomatlashtirish tizimi — F-Apteka dasturiy ta’minoti bilan jihozlanadi. Bugungi kunda Respublika bo‘ylab mavjud 7200 ta dorixonalardan 1200 tasi F-Apteka dasturi bilan avtomatlashgan. Ishlab chiqilgan va foydalanishga tushirilgan, o‘ziga 280 ta dorixonani onlayn rejimida qamrab olgan yagona ma’lumotlar xizmatidan tashqari, dastur eng hamyonbop dori vositalarini izlash uchun o‘z mobil ilovasiga va Telegram botiga ham ega.

Avtomatlashgan franchayzing dorixonalar tarmog‘i nafaqat ishlab chiqaruvchilar, distributorlar, dorixona egalari va farm-biznesning boshqa ishtirokchilari uchun, balki bevosita iste’molchilar tomonidan mavjud qator muammolarni hal etishga qaratilgan.

Xususan, bunday tarmoq distributorlarga, bir vaqtning o‘zida katta xarajatlar; omborxonalarning likvidligi; katta debitor qarzdorligi, past aylanuvchanlik, debitorlik qarzlarining qaytmasligi kabi muammolarni hal etish imkonini beradi. Dorixona egalari past to‘lov qobiliyati, past sotuvlar va ortiqcha kelish narxlari tufayli biznesning norentabelligi kabi bir qator muamolardan qutulishga muvaffaq bo‘ladilar.

“ArzonApteka” tarmog‘ining ochilishi xaridorlar uchun, ular har kuni duch keladigan qiyinchilikdan qutulish imkonini beradi: yashash joyiga yaqin hududdan ma’qul narxlarda hammasini bir joydan sotib olish. Distributsiyaning butun zanjiri bo‘ylab ish samaradorligini hamda barcha biznes-jarayonlarni oshirib, “ArzonApteka” tarmog‘i asosiy e’tiborni o‘z xaridorlari uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishga qaratadi. Xususan, “eng ma’qul narx” kafolati haqida e’lon qiladi.

“Biz ‘ArzonApteka’ tarmog‘ining tushunarli va asosiysi, samarali ish algoritmini yaratdik. ArzonApteka tarmog‘imizning o‘sish salohiyatini chamalab va Toshkentning har bir fuqarosiga yetib borishini ta’minlashga intilib, biz shu yil oxirigacha franchayzing dorixonalarning 300 ta filiallarini ochishni, butun Respublikamiz bo‘ylab esa uch yil davomida 1000 tagacha dorixonalar ochishni mo‘ljal qilyapmiz. Biz xaridorlarimiz uchun eng ma’qul narxlarni kafolatlashni dadil e’lon qilishimiz mumkin, chunki biz yaratgan biznes-jarayonlar distributsiyaning butun zanjiri bo‘ylab umumiy tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, dorixonalarning yagona tarmoqqa birlashtirilishi dori-darmon vositalarining ulgurji narxlarini pasaytiradi, autsorsing-kompaniya esa butun bozor bo‘ylab narxlar monitoringini amalga oshiradi, preparatlarga ‘to‘g‘ri’ narxlarni belgilaydi”, — deydi “ArzonApteka” asoschisi Murat Mahkamov.

Xaridorlar uchun “ma’qul narx” dan tashqari, “ArzonApteka” tarmog‘i o‘z mijozlariga yana bir muhim afzallik – “hammasini bir joydan” sotib olishni kafolatlaydi. Bunday va’dani tarmoq egalari sotuvlarni to‘g‘ri bashorat qilish va preparatlarni ulgurji sotib olishni rejalashtirish orqali bajarish niyatidalar, bu esa tarmoq dorixonalari peshtaxtalarida dori vositalarining keng assortimentini ta’minlaydi. “ArzonApteka” franchayzing dorixonalar tarmog‘i loyihasi, shuningdek, Moskvadagi Skolkovo biznes-maktabi yetakchi o‘qituvchilaridan biri Bulat Nuriyevning ham yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi: “Hayratli loyiha, o‘z sohasidagi haqiqiy innovatsiya. Ishonchim komilki, tarmoq rivojlanishi davomida ushbu texnologiyalarni qo‘llanishning juda ko‘p imkoniyatlari paydo bo‘ladi, va besh yildan keyin bu loyiha asosida yangi faolliklarni ishga tushirish mumkin bo‘ladi”.

FOM GROUP kompaniyasi haqida

FOM GROUP MChJ– Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsion markaz tarkibiga kiruvchi, axborot texnologiyalari soxasidagi yetakchi kompaniyalardan biri. Asosiy faoliyat – biznes jarayonlarni optimizatsiya qilish uchun axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda innovatsion yechimlar ishlab chiqarish va ushbu yechimlarni hayotga tadbiq etish.

Reklama huquqi asosida!