Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 5-fevral kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 2204 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Norma

Jumladan, 29 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 67 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 29 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 33 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 326 ta odam tashish qoidalarini buzish, 186 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 4 ta bo‘ysunmaslik, 844 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 160 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.