Shri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, yutib yuborgan pitonni videoga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Hodisa orol-davlat janubiy qirg‘og‘idagi “Bundala” milliy bog‘ida ro‘y berdi. 4 metrli ilon o‘ljani to‘liq yutib yubordi. Jarayon bir soatga yaqin davom etdi.

Bog‘ xodimiga ko‘ra, o‘zini bunday tutish pitonlarga xos emas, chunki ular ko‘pincha odamlar borligini payqagach, o‘ljasini tashlaydi.

https://youtu.be/k7ijqwiFJiM