O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddini milliy bayram — Vaytangi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 1840-yil 6-fevralda Buyuk Britaniya vakillari maori qabilalari oqsoqollari bilan Vaytangi degan joyda kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya boshqaruviga o‘tgan, maorilar esa o‘z mol-mulki va yerlarini saqlab qolgan.
Ushbu kelishuv imzolangan kun Yangi Zelandiyaga asos solingan kun hisoblanadi. Kelishuv mamlakatning konstitutsion hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)