Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Matsegora Shimoliy Koreyadagi gumanitar vaziyat BMT tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli yomonlashayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Gumanitar vaziyat bir necha jihatdan yomonlashmoqda. Bugun Shimoliy Koreyaning qiynalayotgan aholisiga gumanitar yordam, jumladan oziq-ovqat yetkazish deyarli imkonsiz. Bu shu yerga tashrifim maqsadlaridan biri”, — dedi u.
Avvalroq, AQSh KXDRni keskin tanqid qilganligiga qaramasdan, BMT kanallari orqali Shimoliy Koreya aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirayotganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)